USAID O‘zbekistondagi qishloq ayollariga $2,4 mln beradi
Jamiyat
−
01 iyun 2022
7766AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonning agrar sohasida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher To‘rayevning USAID’ning Osiyo byurosi ma’muriyati yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur (Änjali Kaur) bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar USAID va vazirlik o‘rtasida “Agrobiznesni rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida bog‘dorchilik, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Anjali Kaur USAID’ning O‘zbekiston hukumati va xususiy sektori bilan hamkorlikda olib boradigan ishining asosiy elementi ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilganini ta’kidladi.
“Bugun men USAID joriy yil yozida O‘zbekistondagi qishloq ayollari iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishi uchun qo‘shimcha ravishda 2,4 million dollar ajratishini e’lon qilishdan juda mamnunman”, deydi USAID Osiyo byurosi ma’muriyati yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur.
Tadbirda ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘lar O‘zbekiston, ayniqsa, Orolbo‘yi hududidagi qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish, kasb-hunar berish, mikromoliyalashtirish, murabbiylik va bandlik dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.
LiveBarchasi