Urushning 681-kuni: Rossiya va Ukrainaning jami yo‘qotishlari e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Ukraina armiyasining yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.

Bayonotda ma’lum qilinishicha, "maxsus operatsiya" boshlanganidan buyon dushmanning 565 ta samolyoti, 264 ta vertolyoti, 447 ta zenit-raketa kompleksi, 14 483 ta tank va boshqa zirhli texnikalari, 1 200 ta raketa moslamalari, 10 459 ta uchuvchisiz harakatlanuvchi samolyoti, 7 639 ta artilleriya va minomyotlari, 17 100 ta maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilingan.

Shuningdek, Ukraina Bosh shtabi tarafidan berilgan ma’lumotlarda, Rossiyaning 681-kundagi yo‘qotishlari keltirilgan.

Unga ko‘ra, Rossiyada hozirgacha 363 070 askar, 6 011 tank, 11 142 zirhli jangovar texnika, 8 604 artilleriya tizimi, 949 RYAS (reaktiv raketa o‘t o‘chirish tizimlari), 631 havo mudofaa tizimi, 329 harbiy samolyot, 324 ta vertolyot, 11 463 ta transport vositasi, 6 771 ta uchuvchisiz harakatlanuvchi samolyot, 1 786 ta qanotli raketalar, 23 ta kema/qayiq, 1 ta suvosti kemasi, 1 313 ta maxsus texnika yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, urushning 655-kunida ham Rossiya va Ukrainaning yo‘qotishlari ochiqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

urush Rossiya va Ukraina 681-kun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made