Urushga qaramay rus oligarxlari boyib ketyapti

Olam

image

Urushga qaramasdan rus oligarxlari boyib ketmoqda. Bu haqda “Bloomberg Billionaires Index” tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Rossiyadagi eng boy odamlarning boyligi Ukraina urushiga qaramasdan yil boshidan beri 32,01 milliard dollarga ko‘paygan. 

Jumladan LUKOYL asoschisi Vagit Alekperovning boyligi 7,25 milliard dollarga oshib, uning jami mablag‘i 22,6 milliard dollarga yetdi. Novolipetsk metall zavodi egasi Vladimir Lisin 4,36 milliard dollarga, NOVATEK rahbari Leonid Mixelson esa 3,49 milliard dollarga boyidi.

Avgust oyida “Kommersant’” nashri asli o‘zbekistonlik USM xolding asoschisi Alisher Usmonovning boyligi yil boshidan buyon qariyb 600 million dollarga o‘sgani haqida yozgandi. 

Shu bilan birga, 2023 yilning yanvar oyidan buyon dunyoning eng boy 10 nafar tadbirkori ham jami 420,5 milliard dollarga boyidi. Tesla va SpaceX kompaniyalari xo‘jayini Ilon Mask Yer yuzidagi eng boy odam deb topilib, uning boyligi 98,4 milliard dollarga ortdi va 235 milliard dollarni tashkil qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Bloomberg milliarderlari indeksi sayyoramizning 500 ta eng boy odamini o‘z ichiga oladi. Shundan 25 nafari Rossiya fuqarosi hisoblanadi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya oligarxlar eng boy odamlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing