Urush zonalarida 4,5 mingta jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi

Olam

image

2024 yilda qurolli mojarolar sharoitida sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlikning 4500 ta holati qayd etilgan. Jabrlanuvchilarning katta qismi – 93 foizi ayollar va qiz bolalardir. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus hisobotida xabar berildi.

Ushbu raqamlar 19 iyun – Qurolli mojarolar sharoitida jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro kun arafasida e’lon qilingan.

BMT hisobotiga ko‘ra, mojarolar zonasidagi jinsiy zo‘ravonlik – bu faqat alohida shaxslar uchun fojia emas, balki umumiy xavfsizlik va tinchlik o‘rnatish jarayoni uchun ham tahdid sanaladi. Tashkilotning eslatishicha, bunday jinoyatlar xalqaro huquq bo‘yicha urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida malakalanadi.

“Jinsiy zo‘ravonlik – bu urush olib borishning dahshatli taktikasidir. Bu vahshiy jinoyatlarning qo‘rqinchli aks-sadosi qurol tovushlari to‘xtaganidan keyin ham uzoq vaqt davom etadi”, deyiladi xabarda. 

BMT, shuningdek, jabrlanuvchilar yillar davomida og‘ir ruhiy va jismoniy jarohatlar, ijtimoiy rad etish va izolyatsiya bilan yuzlashganini ham qayd etgan. Ularning aksariyati zarur tibbiy va psixologik yordamni ololmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo bo‘yicha har o‘ninchi, ya’ni 160 million nafar bola majburiy mehnatga jalb etilgani va ulardan deyarli yarmi qurolli mojarolardan zarar ko‘rgan mamlakatlarda yashashi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy zo'ravonlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing