Urush sari bir qadam: Venesuela bahsli hududni mamlakatning 24-shtati deb e’lon qildi

Olam

image

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro qo‘shni Gayananing g‘arbiy qismi – Essekiboni mamlakatning 24-shtati deb e’lon qildi.  Mintaqaga Gayana-Essekibo nomi berildi. Bu haqda “Ultimas Noticias” xabar berdi. 

Nikolas Maduro qo‘shib olingan hududda gaz, neft va foydali qazilmalarni qazib olish uchun litsenziya beruvchi bo‘limlar yaratishni taklif qilgan. U bo‘linmagan dengizda ishlaydigan neft kompaniyalariga operatsiyalarni yakunlash uchun uch oy muhlat bergan.

Shuningdek, Maduro Venesuela Milliy assambleyasini bahsli hududni himoya qilish bo‘yicha qonun qabul qilishga chaqirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin kelajakda Venesuelaning yangi xaritasi barcha maktablar, kollejlar va universitetlarga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 dekabr kuni Venesuela hukumati neftga boy Essekibo hududini qo‘shni mustaqil Gayana tomonidan anneksiya qilinishi bo‘yicha referendum o‘tkazgandi. Aholining 95 foizdan ortig‘i referendumning barcha beshta savolini ma’qullagan, kamida 10,5 million ovoz berilgan.

Venesuela va Gayana o‘rtasidagi Essekibo hududi bo‘yicha bahs uzoq tarixga ega. Quyidagi havola orqali bu haqdagi maqolani o‘qishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Gayana Essekibo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing