Urush ruslarni qaysi “inomarka”lardan mosuvo qildi?

Olam

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush mana 21 kundirki davom etmoqda. Harbiy harakatlar boshlangandan beri turli davlatlar rasmiy Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilib kelyapti. Cheklovlar borasida yirik xususiy kompaniyalar ham jim turgani yo‘q.

Nomdor avtomobil, elektrotexnika va turli asbob- uskuna ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Ukraina hududida “maxsus operatsiya” boshlanganidan so‘ng, o‘z mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishdan va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikdan bosh tortishni boshladi. Rossiyadan yuz o‘girgan kompaniyalar orasida ayniqsa, yirik avtomobilsozlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Mavjud geosiyosiy vaziyat tufayli BMW Group Rossiya bozoriga avtomobil yetkazib berishni, shuningdek, mahalliy avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda.

“Keyingi qarorlar vaziyatning rivojlanishidan kelib chiqib qabul qilinadi. Hozirda biz ehtiyot qismlari yetkazib berish cheklangan sharoitda mijozlar oldidagi majburiyatlarimizni to‘liq bajarishga imkon beradigan yechimlar ustida ishlamoqdamiz. Shuningdek, biz BMW Group’ning barcha standartlariga muvofiq mijozlarimiz avtomobillariga xizmat ko‘rsatishni davom ettiramiz”, deyiladi kompaniya xabarida.

Avtomobil gigantlaridan yana biri bo‘lgan Italiyaning Ferrari avtokonserni Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Rossiya bozori uchun avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi.

“Hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda, Ferrari keyingi ogohlantirishgacha Rossiya bozori uchun avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qildi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz va har doim barcha qoidalar va sanksiyalarga rioya qilamiz”, deyiladi Ferrari bayonotida.

Qo‘shimcha tariqasida aytish kerakki kompaniya Ukrainaga qurolli mojaro paytida uni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 million yevro xayriya qilgan.

Qimmatbaho avtomobillar ishlab chiqaruvchi Lamborghini ham shunday qadam tashladi. Kompaniya mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Rossiya bilan biznes aloqalari to‘xtatilganini e’lon qildi. Shu bilan birga ular jangovar harakatlar tezroq tugatilib, tomonlar diplomatiyaga qaytishiga umid bildirdi.

Rossiyada avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatgan yana bir yirik kompaniya Ford bo‘ldi. 

Avtomobilsozlar orasida yoshi Ulug‘lardan bo‘lgan Ford 3 martdan boshlab Rossiyadagi zavodlarini yopdi.

“Ford Motor Company” qo‘shma korxonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror munosabati bilan Ford 3 martdan boshlab ishlamay turishini ma’lum qiladi”, deya bayonot berdi kompaniya matbuot xizmati.

“Ford Motor Company” Rossiya bozoriga qaytsa, tanaffus vaqtida jamoa oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun "barcha qonuniy choralar" ko‘rishga va korxona ishini imkon qadar tezroq tiklashga va’da bergan. 

Dunyoga mashhur MAN avtomobil konserni Rossiya va Belarusga yuk mashinalari va butlovchi qismlar eksportini to‘xtatdi. Bu qaror Rossiya harbiylarining Ukrainadagi amaliyoti fonida qabul qilingan.

Kompaniya etkazib berishda va ishlab chiqarishda uzilishlar bo‘lganini tushuntirdi. Xususan, 70 ga yaqin xodim ishlagan Sankt-Peterburgda ishlab chiqarish allaqachon to‘xtatilgan.

Shu bilan birga Mercedes-Benz kompaniyasi ham Moskva viloyatidagi zavodda avtomobillar ishlab chiqarishni va Rossiya bozoriga yengil va yengil avtomobillarni yetkazib berishni to‘xtadi. Yuk tashish va mahalliy ishlab chiqarish "keyingi ogohlantirishgacha" to‘xtatildi, degan kompaniya vakili. 

Ishlashni to‘xtatgan yana bir yirik kompaniya bu – Volkswagen. Ular ham Rossiyaga avtomobillarni yig‘ish va yetkazib berishni to‘xtatganini e’lon qilishdi. 

Rossiyaga mahsulot yetkazib berish va ishlab chiqarishni to‘xtatish niyatida bo‘lgan kompaniyalari qatorida Volvo ham bor. Bundan tashqari Chevrolet avtomobillarini yetkazib beruvchi General Motors, Volkswagen, Skoda Auto, Land Rover, Jaguar va AUDI, Mercedes-Benz, BMW kompaniyalari ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

320

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing