Urush fonida Brent markali neft narxi 98, 86 dollargacha ko‘tarildi
Biznes
−
28 fevral 2022
7172Bugun, 28 fevral kuni xalqaro bozorlarda Brent nefti bir barreli uchun 98,86 dollardan sotilishi boshlandi.
26 fevral kuni so‘nggi auksionda ushbu markadagi neftning bir barrelining narxi 101,99 dollarga yetgandi, biroq kun 94,12 dollarda yakunlandi.
28 fevral holatiga ko‘ra, Brent markali neft narxi 5,03 foizga oshib, bir barrel uchun 98,86 dollarni tashkil qildi.
WTI rusumli neft uchun fyuchers narxi bir barrel uchun 96,45 dollarni tashkil etdi.
Narxlarning oshishiga Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukrainadagi harakatlari fonida yetkazib berishning qisqarishi haqidagi xavotirlarning kuchayishi ta’sir ko‘rsatmoqda.
G‘arb davlatlari Rossiyani Ukrainaga hujum qilgani uchun yuqori iqtisodiy badalni to‘lashga majbur qilish uchun moliyaviy, energetika va transport, shuningdek, savdo va individual cheklovlarni o‘z ichiga olgan ko‘p sonli sanksiyalarni kiritdi. Bu holat bozorlarda noaniqlik muhitini yaratadi.
Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga hujumi munosabati bilan Rossiya Markaziy bankining bu mamlakatlardagi qariyb 300 milliard dollarlik zahiralari muzlatilganini e’lon qildi.
Yaponiya, shuningdek, bir qator rus banklarini SWIFT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan uzib qo‘yish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi