Urush boshlanganidan beri yettinchi milliarder Rossiya fuqaroligidan voz kechdi
Olam
−
09 fevral
36697Alisher Usmonovning sobiq sherigi milliarder Vasiliy Anisimov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, biznesmen Vasiliy Anisimov Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyadan "surgan" yettinchi milliarder hisoblanadi. "Forbes" biznesmenning umumiy boyligini 1,6 mlrd dollarga baholagan.
Xorvatiya fuqaroligiga ham ega bo‘lgan Anisimov Rossiya iqtisodiyotiga 11 million dollar sarmoya kiritgan. Shuningdek, u Qozog‘iston va Afrikada biznesi bo‘lib, BAAdagi ko‘chmas mulkka ham egalik qiladi.
Hujjatlarga ko‘ra, Anisimov Rossiya fuqaroligidan voz kechishini 2022 yil sentyabr oyida rasmiylashtirgan. Shu bilan birga, u biznes vizasi bilan Rossiyaga kelib-ketishda davom etmoqda, unga taklifnomani "Bolshoye Domodedovo" kompaniyasi bergan.
Ma’lumot uchun, Ukrainada urush boshlanganidan keyin olti milliarder – Timur Turlov, Ruben Vardanyan, Yuriy Milner, Nikolay Storonskiy, Igor Makarov, shuningdek, Oleg Tinkov Rossiya fuqaroligidan voz kechgan.
Eslatib o‘tamiz, milliarder Yuriy Milner o‘zi va oilasi 2022 yilning yozida Rossiya fuqaroligidan voz kechganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi