Urush boshlangandan beri Ukrainadan necha kishi qochgani aytildi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga nisbatan bosqini boshlanganidan beri Ukrainadan Yevropa davlatlariga kelgan qochqinlar soni 7 million 915 ming 287 nafarga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi saytida aytilgan. 

2023 yil 3 yanvar holatiga ko‘ra, Ukrainadan vaqtinchalik himoya qilish yoki Yevropadagi shunga o‘xshash milliy himoya sxemalarida ro‘yxatga olingan qochqinlar soni 4 million 905 ming kishidan ortiqni tashkil qildi. 

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 3 yanvargacha eng ko‘p qochqinlarni Rossiya qabul qilgan – 2 852 395. Undan keyingi o‘rinlarni Polsha (1 553 707), Germaniya (1 021 667) va Chexiya (476 025) egallagan. 

Umuman olganda, 24 fevraldan buyon 17,1 milliondan ortiq kishi Ukrainadan qo‘shni davlatlarga, 9,1 milliondan ortiq kishi esa qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing