O‘runov BAAga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilari Oston O‘runov Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 4-turidan o‘rin olgan BAAga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘runovda kichik jarohat aniqlangan. Futbolchining Eronga qarshi o‘yinda maydonga tushishi ham so‘roq ostida edi, biroq O‘runov forslar bilan bahsda ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov BAAga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.

Ashurmatov Eronga qarshi o‘yinda sariq kartochka olganligi bois, amirliklarga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA Jahon chempionati Oston O'runov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made