Urugvay O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Jamiyat

image

Urugvayning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Daniel Kastillos Gomes O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Urugvayning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Daniel Kastillos Gomes janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik. Tashqi ishlar vazirliklari, parlamentlar va boshqa idoralar o‘rtasida faolroq muloqotni rivojlantirishga ehtiyoj mavjud... O‘zbekistonga xush kelibsiz, janob elchi!” deydi vazir.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov mamlakatlarning ikki tomonlama munosabatlarini yanada jadallashtirish yangi imkoniyatlar eshigini ochishini va barcha bundan manfaatdor ekanini ham ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Urugvay bilan 1998 yil 25 mayida ilk bor diplomatik aloqa o‘rnatgan bo‘lib, bungacha Enrike Xuan Delgado Xenta mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Toyvo Klaar ishonch yorliqlari nusxasini Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga topshirgandi. O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Urugvay elchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing