O‘rtoqlik o‘yini: O‘zbekiston U-23 Janubiy Koreya bilan durrang o‘ynadi
Sport
−
26 Sentabr 2022
2360Bugun, 26 sentyabr kuni Janubiy Koreyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi koreyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durrang qayd etdi.
Ucharshuvning dastlabki bo‘limi asosan teng kurashlar ostida kechdi. 24-daqiqada Husayn Norchayev o‘zbekistonliklarning kam sonli zarbalaridan birini yo‘lladi, ammo Norchayevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
Ikkinchi taym O‘zbekiston U-23 ning ustunligi bilan boshlandi. Bahsning 49-daqiqasiga kelib, Norchayevning uzatmasidan keyin Ruslan Jiyanov hisobni ochdi. Hisobda ortda qolishni boshlagach, koreyaliklar ham hujumlar sonini ko‘paytirdi. Koreys futbolchilarining say-harakatlari 79-daqiqaga kelibgina o‘z samarasini berdi. Cho Xyun Taek hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa tablodagi hisob boshqa o‘zgarmadi, 1:1.
Janubiy Koreya U-23 – O‘zbekiston U-23 1:1;
Gol: 49 - Ruslan Jiyanov (Husayn Norchayev), 79 - Cho Xyun Taek;
"Xvason" stadioni;
Janubiy Koreya U-23: 1.Kim Jong Xun, 4.Byun Jun Su (s), 12.Park Kyu Xyun, 23.Xvang Jae Vun, 26.Jo Seong Gvon, 8.Ox Jae Xyok, 10.Gox Yung Jun, 15.Yun Suk Ju, 9.Jung Xan Min, 11.An Jae Jun, 18.Ox Xyon Gyu.
O‘zbekiston U-23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Dostonbek Tursunov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Ibrohim Ibrohimov, 10.Jasurbek Jaloliddinov (s), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 16.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev, 20.Ruslan Jiyanov, 23.Abdurauf Bo‘riyev.
LiveBarchasi