O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo Kubogiga yo‘l oldi

Sport

image

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashining “E” guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va 2026 yilgi U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Musobaqa 2026 yil 7–25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar terma jamoasi keyingi yillarda mintaqa futbolida eng kuchli raqiblardan biriga aylandi. 2022 yilda Toshkentda o‘tgan chempionatda o‘z maydonida finalga qadar yetib borgan O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lgandi. 2024 yil Qatardagi musobaqa esa tarixiy ahamiyat kasb etdi – O‘zbekiston yoshlari ilk bor Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shu bilan birga, finalda Yaponiyaga 0:1 hisobida yutqazib, ikkinchi marta ketma-ket vitse-chempionlik bilan kifoyalandi.

O‘zbekiston yoshlarining eng yorqin sahifalaridan biri esa 2018 yilda yozilgan. Xitoydagi chempionatda Vetnam ustidan qozonilgan g‘alaba mamlakat futbol tarixida ilk bor "U-23 Osiyo chempioni" degan nomni olib keldi. 

Ta’kidlash lozimki, 2026 yilgi Saudiyada o‘tadigan chempionat Olimpiada yo‘llanmasi taqsimlanadigan musobaqa emas. Bu gal asosiy maqsad – qit’a miqyosidagi nufuzli sovrin uchun kurashish.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi O'zbekiston U-23

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing