O‘rtasaroydagi karantin zonasiga nasha olib kirmoqchi bo‘lishdi
Jamiyat
−
11 avgust 2020 10190 1 daqiqa
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan “O‘rtasaroy” karantin markaziga giyohvand modda olib kirishga urinish aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Joriy yilning 3 avgust kuni Yuqorichirchiq tumani “O‘rtasaroy” karantin shaharchasida xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan karantin shaharchasining qurilish hududida yollanma xizmatchi bo‘lib ishlovchi 25 yoshli T.A. nazorat o‘tish joyida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan qog‘ozga o‘ralgan, (ekspertiza xulosasiga ko‘ra) og‘irligi 2,83 gr marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan, Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025