O‘rtachirchiqda uy mojarosiga aralashgan hokimlik xodimi pichoqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida nizoli uy masalasiga aralashib qolgan tuman hokimligi xodimi o‘zaro janjal qurboni bo‘ldi. Toshkent viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘rtachirchiqda yashovchi fuqaro B.A., 19 yanvar kuni tumanda joylashgan nizoli xonadonga tuman hokimining egalik huquqi berish haqidagi qarori qabul qilinmayotganligi, bunga tuman hokimligi xodimi T.S. to‘sqinlik qilayotganligi vajidan u bilan o‘zaro janjallashgan. O‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning qorin qismi va chap oyog‘i son qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 19 yanvar kuni O‘rtachirchiq tuman prokuraturasi tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi “b,l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi B.A. Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida ushlangan.

Hozirda O‘rtachirchiq tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pichoqbozlik

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing