O‘rta yer dengizida navbatdagi fojia: 53 migrant bedarak yo‘qoldi

Olam

image

Liviya qirg‘oqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 53 nafar kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qayiq joriy yilning 6 fevral kuni Liviyaning Zuvara shahri shimolida cho‘kib ketgan. Unda jami 55 nafar migrant bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida faqat Nigeriya fuqarosi bo‘lgan ikki nafar ayol qutqarib qolingan. 

Omon qolgan ayollardan birining aytishicha, ushbu fojiada turmush o‘rtog‘ini yo‘qotgan. Ikkinchi ayol esa ikki nafar farzandi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Rasmiylarning bildirishicha, yaroqsiz holatda bo‘lgan qayiq 5 fevral kuni kechasi Liviyaning Az-Zaviya shahridan yo‘lga chiqqan va taxminan olti soat o‘tgach ag‘darilib ketgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, birgina yanvar oyining o‘zida O‘rta yer dengizi hududida kamida 375 nafar migrant halok bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘rta yer dengizida qayiq cho‘kib ketishi oqibatida kamida 50 nafar migrant halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

migrant Liviya fojia dengiz O'rta er

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing