O‘rta Chirchiq tumani “qizil” hududga aylandi
Jamiyat
−
22 iyun 2020
6512Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘rta Chirchiq tumani 20 iyun holatiga “qizil” hudud, deb belgilandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Toshkent shahri Bektemir tumanidagi vino zavodida ishlovchi 5 nafar o‘rtachirchiqlik fuqaroda infeksiya aniqlangani bois, hozirda ularning xonadonlari qat’iy nazoratga olingan. Shuningdek, ular bilan muloqotda bo‘lganlar ham tibbiy kuzatuv ostida bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, O‘rta Chirchiqdagi 4 ta ichki ko‘chalar karantinga yopildi. Ushbu ko‘chalarda harakatlanish taqiqlandi.
Bundan tashqari, yo‘l yoqalari va ko‘zga ko‘rinarli joylarga “qizil” hudud» belgilari o‘rnatildi.
“Xavotirga o‘rin yo‘q. Barcha ehtiyot choralari ko‘rilgan. Tumanda dezinfeksiya ishlari doimiy olib borilmoqda.
O‘z uyimiz - eng xavfsiz hudud. Zarurat bo‘lmagan taqdirda tashqariga chiqmang. Karantin talablari va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling!”, deyiladi hokimlik xabarida.
LiveBarchasi