O‘rta Chirchiqda portlash sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 5 dekabr kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasi chaqnashi holati kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 5 dekabr kuni soat 07:46 da Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, “Kim Pen Xva” MFY, Qutb Yulduzi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

“Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev yetib bordi va uning rahbarligida vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman hokimiyati, Prokuratura, IIB, SSB, “Hududgazta’minot”rahbar xodimlari ham yetib borgan. Ayni vaqtda FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyida amaliy harakatlarni olib bormoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotganligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 15:45 da Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash O'rta Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing