Ursula fon der Lyayenga kechki ovqat bahonasida yangi muddat “tuhfa” qilinishi mumkin

Olam

image

Yevropa Ittifoqining 27 a’zo davlati rahbarlari bugun, 17 iyun kuni kechqurun Bryusseldagi kechki ovqatda Ursula fon der Lyayenning lavozimida qolishiga siyosiy yordam berishlari kutilmoqda. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Fon der Lyayen 2029 yilgacha Yevropa Ittifoqining eng qudratli amaldori bo‘lib qolishi, jahondagi eng yirik yagona bozorni tartibga solish, yangi qonunchilikni taklif qilish va qit’adagi vaziyatni boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan blokning ijroiya hokimiyatini boshqarishi uchun yangi saylangan Yevropa parlamentining ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.

Uning tarafdorlari shu oyda o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqiga saylovlarda Ursulaga tegishli markaziy o‘ngchi “Yevropa xalq partiyasi” g‘alaba qozonganini hisobga olsak, parlament roziligini ta’minlashga jimgina ishonch bildirmoqda.

Nashrning yozishicha, Yevrokomissiya rahbari Covid-19 pandemiyasi va blokning Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishiga javobi orqali Yevropa Ittifoqidagi yetakchiligi uchun hurmatga sazovor. Ammo u markazlashgan qarorlar qabul qilish va institutsional vakolatlari chegaralarini buzish rekordi bilan o‘z komissiyasida ba’zi poytaxtlarni va ko‘pchilikni g‘azablantirdi.

Uning saylovoldi kompaniyasi barqarorlik muhimligini ta’kidladi va Ukrainadagi urush va noyabr oyida Donald Trampning AQSH saylovlarida potensial g‘alaba qozonishi natijasida yuzaga keladigan AQSH-Yevropa Ittifoqi munosabatlaridagi noaniqlik tufayli rahbariyatning o‘zgarishi xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Shuningdek, bugungi kechki ovqatda Yevropa Ittifoqi Kengashi prezidenti lavozimiga ham potensial da’vogarlar masalasi ko‘rib chiqiladi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, hozircha bu borada Sharl Misheldan keyingi o‘rinda Portugaliyaning sobiq Bosh vaziri Antonio Koshta nomzodi mavjud. Biroq, ular uchrashuv arafasida hech qanday tanlov fon der Lyayen kabi aniq emasligi haqida ogohlantirdi.

14 iyun kuni Italiyaning Apuliya qirg‘og‘ida bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols 17 iyun kuni kechki ovqatda kelishuvga erishilishiga ishonishlarini aytishdi.

Shaxsiy kechki ovqat 27 va 28 iyun kunlari yakuniy kelishuvga erishilishi kerak bo‘lgan rasmiy sammit oldidan tashkil etiladi. Komissiyaning navbatdagi raisi uchun parlament ovoz berishi 15 iyulga belgilangan.

“Hamma aniq xabar yuborish uchun dushanba kechasidan foydalanishni xohlaydi. Shuning uchun yakuniy qaror qanday bo‘lishiga hech qanday shubha yo‘q”, dedi muzokaralarda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining ikkinchi yuqori martabali diplomati.


Maqola muallifi

Teglar

Ursula fon der Lyayen Evrokomissiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing