O‘rmon yong‘ini: Kanadadagi yuqori harorat falokatga sabab bo‘ldi

Olam

image

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Lutton aholi yashash punkti tabiiy o‘rmon yong‘ini oqibatida deyarli butunlay vayron bo‘ldi. Bu haqda CBC telekanali xabar bergan.  

Mintaqadagi yong‘inga qarshi xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, qishloqdagi barcha binolarning 90 foizi, xususan politsiya bo‘limi tibbiyot punkti yong‘in natijasida vayron bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, 1000 dan ortiq fuqaro qishloqni oldindan ogohlantirmasdan tark etishga majbur bo‘lgan. Aholining tayyor bo‘lishi uchun 15 daqiqadan ko‘p vaqt bo‘lmagan. Politsiyaga ko‘ra, ba’zi odamlar hali ham aloqaga chiqmagan. Ayni paytda qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. 

Avvalroq, Kanadadagi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida jazirama tufayli 500 ga yaqin odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.  

Bungacha, Kanadada misli ko‘rilmagan harorat ko‘rsatkichlari qayd etilayotgani haqida xabar bergandik.  


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Kanada

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing