Urgutda qalbaki dollar sotgan fuqaro ushlandi

Jamiyat

image

Samarqandda qalbaki AQSH dollari yasab, uni muomalaga kiritgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Samarqand viloyati, Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Urgut savdo kompleksining darvozasi oldida fuqaro F.B. jami 2.300 AQSH dollari miqdordagi qalbaki kupyuralarni sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning tuman bo‘limi tomonidan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Bosh prokuratura Samarqand

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing