Urgutda “ZIL-130” portladi. Ikki kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 14 iyun kuni soat 17:40larda Samarqand viloyati Urgut tumanida “ZIL-130” rusumli  yuk avtomobili portladi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Urgut tumani “Kenagas” MFY hududida joylashgan maishiy gaz ballonlarini propan gazi bilan to‘ldirish shoxobchasida “ZIL-130” rusumli  yuk avtomobilidan suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida propan sig‘imining yorilishi sodir bo‘lgan. 

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida yuk avtomobil haydovchisi va shoxobcha ishchisi voqea joyda vafot etgan. Hozirda hodisa sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Urgut

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing