Urgutda tadbirkor 4,7 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
18:47 225 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Urgut tumanida tadbirkor 4,7 milliard so‘mlik elektr energiyasini o‘margani aniqlandi. Bu hadqa Energetika vazirligi xabar berdi.
Bosh prokuratura shtabining Samarqand viloyatida o‘tkazgan nazorat tadbirida yirik qonunbuzarlik aniqlangan. Unga ko‘ra, Urgut tumanidagi “U. S. K.” MCHJga qarashli savdo majmuasida hisoblagich ko‘rsatgichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga ataylab tashqi ta’sir ko‘rsatilgan va uzoq vaqt davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingan.
Elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, qoidabuzarlik oqibatida yetkazilgan zarar 4 milliard 700 million so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan hozircha qo‘shimcha ma’lumot – javobgarlar va tergov natijalari rasmiy ravishda e’lon qilinmagani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish joyi va novvoyxonada 2,4 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan edi.
Live
Barchasi