Toshkentdagi oshxona va novvoyxona 2,4 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish joyi va novvoyxonada 2,4 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura va “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari ishtirokida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan reyd vaqtida qonun buzilishi holati fosh etilgan. Xususan, tumanning Qoratosh ko‘chasida joylashgan, fuqaro G.Sh. ga tegishli umumiy ovqatlanish maskani va novvoyxonada xatlov o‘tkazilgan. Natijada iste’molchi muqaddam gaz tarmog‘idan ajratilganiga qaramay, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib olgani ma’lum bo‘lgan. 

Shu bilan birga, binoga o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasi nosoz holatda ekani va undagi bir martalik tamg‘aga tashqi ta’sir o‘tkazilgani ham qayd etilgan. 

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 463 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan va barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo tumanida 3,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Energetika vazirligi tabiiy gaz oshxona Hududgaz Poytaxt novvoyxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing