Urgutda mashina urib ketgan piyoda vafot etdi

Jamiyat

image

2023 yil 20 avgust kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida mashina piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchi ko‘rsatilgan birinchi yordamga qaramay, vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmasi ma’lum qildi. 

Voqea tungi soat 00:36 lar atrofida “Bog‘ishamol” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 59 km da sodir bo‘lgan. “Malibu 2” rusumli transport vositasi harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan. Haydovchi jabrlanuvchini zudlik bilan tibbiyot birlashmasiga olib borgan. Ammo tibbiyot xodimlarining ko‘rsatgan muolajalariga qaramasdan, piyoda hayotdan ko‘z yumgan. 

Xizmatning bildirishicha, hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Spark hamda Cobalt mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH sababli Spark mashinasida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Urgut mashina piyoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing