Urgutda fuqarolar nega to‘plandi? Samarqand viloyat IIB voqea tafsilotlarini ochiqladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumanida yuzlab odamlar to‘plangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 21 iyul kuni Urgut tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1989 y.t. fuqaro Sh.Sh. Telegram’dagi guruhda, guruh a’zolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

Haqoratli videoni ko‘rgan guruhdagi ayrim fuqarolar Sh.Sh. haqoratli so‘zlari uchun kechirim so‘rashini talab qilib, uning yashash xonadoniga borishgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro Sh.Sh.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, Sh.Sh.ning yashash manziliga kelib, janjal ko‘targan barcha fuqarolarning shaxsiga  aniqlik kiritilgan. Jamoat tartibini buzgan har bir fuqaroning harakatlariga qonuniy tartibda baho beriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Urgut

Baholaganlar

556

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing