Urgutda “benzinfurush” va boshqa “tadbirkor”lar fosh bo‘ldi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2019
4404Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat davomida viloyatning Urgut tumanining Soyguzar mahallasida yashovchi Ibrohim Obloberdiyev savdo do‘koni oldida noqonuniy benzin savdosini yo‘lga qo‘ygani, yakka tartibdagi tadbirkor Farhod Rustamov o‘ziga tegishli savdo do‘konida spirtli ichimliklar bilan tegishli hujjatsiz savdo qilayotgani aniqlandi. Natijada ular tomonidan sotuvga qo‘yilgan spirtli ichimliklar va benzin daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.Shuningdek, nazorat tadbiralari davomida tumanning Jozmon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Bunyod Meliyev beton plita va kafel tayyorlaydigan sex faoliyatini yo‘lga qo‘ygani, lekin tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmagani hamda yashirin sexda 4 nafar fuqaroni norasmiy ishga yollagani ham ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi