Urganchdan Ispaniya, Germaniya va Xitoyga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
01 mart
3459Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda turizm xizmatlarida o‘sish bo‘lishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarur. Shu bois, Urganch va mamlakatimizning boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard so‘m subsidiya beriladi.
Shu bilan birga, “Urganch-Xiva” trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi. Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.
Shuningdek, Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizatsiyasiga xususiy sherik jalb qilish muhimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishi haqida ma’lum qilingandi.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi