Urganchdagi do‘konning 24 mln so‘mlik mahsulotlari talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

2020 yil 31 mart kunidan 1 aprel kuniga o‘tar kechasi Urganch shahar, Gurlan ko‘chasidagi do‘konlardan birida o‘g‘irlik sodir etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yerdan umumiy bahosi 24.011.000 so‘mlik telefon apparatlari va turli xildagi boshqa maishiy texnika vositalarini yashirin ravishda talon-toroj qilingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu o‘g‘irlikni 30 yoshli D.A., tanishi 28 yoshli R.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib amalga oshirgan. Ular do‘konga kirish eshigini temir jism bilan ochib g‘ayriqonuniy ravishda ichkariga kirishgan va do‘kondagi tovarlarni o‘g‘irlashgan.

Holat yuzasidan Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan R.A. va D.A.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida D.A., dan o‘g‘irlik natijasida qo‘lga kiritilgan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, D.A. va R.A., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (hujjatlarni egallash) va 169-moddasi 3-qismi “a” (o‘g‘irlik) bandi bilan ayb e’lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Urganch

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing