Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali va tunnel quriladi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Urganch shahrining bosh maydoni yangidan quriladi. Maydon markazida 25 metrlik Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi Matubot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bu O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bo‘lib, mamlakatda bosh maydon ostidan o‘tkazilgan ilk tunnel bo‘ladi. Tunnel aeroport va temir yo‘l vokzalini bog‘lab turuvchi Al-Xorazmiy ko‘chasi va Qirg‘izyop kanali ostidan o‘tadi. 

Loyiha chizmasida kurantlar aks ettirilmagan, shuningdek, ushbu hududdan uzoq bo‘lmagan joydagi Jaloliddin Manguberdi haykali borasida qanday rejalar borligi ma’lum emas.

Tunnel qurilishi munosabati bilan shaharning bir qator ko‘chalari va chorrahalarida transport harakatini tashkil etish qayta ko‘rib chiqiladi. Loyihani qachonga yakunlash rejalashtirilgani va uning qiymati qancha bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Urganch

Baholaganlar

158

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing