Urganchda yerto‘ladagi yong‘inda ikki ishchi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
28 yanvar 2022
5372Kecha, 27 yanvar kuni Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida chiqqan yong‘in oqibatida ikki nafar yollanma ishchi halok bo‘ldi.
Xorazm viloyat IIBga ko‘ra, kecha soat 11:00 da, “Cho‘lobod” mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar qurilishida yollanma ishchi bo‘lib ishlayotgan, 1962 yilda tug‘ilgan G.O. va 1960 yilda tug‘ilgan G‘.E. “dom” yerto‘lasida temir kesadigan uskunadan foydalanayotgan paytidagi qisqa tutashuv natijasida yong‘in yuz bergan.
Oqibatda ishchilar yerto‘lada halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.