Urganchda somsaxona yonib ketdi
3-sahifa
−
21 dekabr 2023 5187 1 daqiqa
Urganchda somsaxonadan kelib chiqqan yong‘in oqibatida yoyma savdo rastalari yonib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Kecha, 20 dekabr kuni soat 16:45larda Urganch shahar “Navbahor” mahallasi Jizzax ko‘chasida joylashgan piyodalar yo‘lakchasidagi noqonuniy qurilgan yengil konstruksiyali, taxminan 50 kv.m maydonda qurilgan yoyma savdo rastalari yongan.
Aytilishicha, Jizzax ko‘chasiga kirish yo‘lida yengil konstruksiyadan qurilgan somsaxonadagi propan gaz balonidan gaz sizib chiqishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan va yong‘in yuzaga kelgan.
Buning oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar xodimlari soat 16:48da yetib borib, 17:05da o‘chirgan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi uylardan biri yonib ketgandi. Oqibatda bir ona va uning ikki qizi vafot etgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr