Urganchda ohak sexi 1,4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagani aniqlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatining Urganch tumanida ohak ishlab chiqarish sexi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib olgani aniqlandi. Sex gaz ta’minoti korxonasiga qariyb 1,5 mlrd so‘m zarar yetgazgan. 

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Urganch tumanining “Begovot” qishlog‘i, “Qo‘ng‘irot” mahallasida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexi yashirin yo‘llar bilan, tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga D-50 mm bo‘lgan polietilen quvur yordamida noqonuniy ulangan. Shu tariqa 10 dona qo‘lbola yondirgichdan foydalangan holda ohak pishirilgan.

Qayd etilishicha, ushbu ohak ishlab chiqarish sexi 2020 yilning qish mavsumida kafolatlanmagan iste’molchi sifatida tabiiy gaz ta’minotidan uzilgan. 

Xozirda mazkur iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

59

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing