Urganchda 8 kishi Cobalt haydovchisini pichoqlab ketgani aytilmoqda
3-sahifa
−
08 iyun 2022
22221Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch shahrida 8 nafar shaxs Cobalt haydovchisini pichoqlab ketgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etganligi haqida videoyozuv tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov izoh berdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan joriy yilning 2 iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, 1 nafariga “qamoqqa olish” va 6 nafariga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda tergov davom etmoqda.
LiveBarchasi