Urganch tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 1 aprel kuni, xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida G‘ayratjon Sultonov tumanning yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov so‘zga chiqib, G‘ayratjon Sultonovni tuman hokimligiga tavsiya etgan. Ushbu taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan. 

Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar G‘ayratjon Sultonov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bungacha Urganch tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Frunze Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

G'ayratjon Sultonov Urganch tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing