Xorazmda ommaviy mushtlashuvni rejalashtirgan 2 guruh qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Joriy yilning 31 mart kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmatiga Urganch tumani “Bog‘dorchi” mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqarolar o‘zaro guruh-guruh bo‘lib mushtlashishni rejalashtirganliklari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Olingan ma’lumotga asosan, hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan viloyat IIB va DXX boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu guruhlar o‘rtasida rejalashtirilgan o‘zaro janjalning oldi olinishiga erishildi.

Aniqlanishicha, ushbu ikki guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarini jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib janjallashib hal qilishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 9 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi, shuningdek hodisa ishtirokchisi bo‘lgan yana 6 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddalariga (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Urganch tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing