UNRWA’ga pul bermaslik G‘azo uchun jazo – Borrel 

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlar agentligi (UNRWA) ochlik va kasallikdan aziyat chekayotgan millionlab odamlar uchun "tanqidiy hayot chizig‘i" bo‘lib, tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatish "jamoaviy jazoga teng" bo‘ladi. Bu fikrni kecha, 4 fevral kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy komissari Josep Borrel aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, UNRWA’ning bir qator xodimlariga HAMAS tomonidan Isroilga qilingan hujumga aloqadorlik haqida qo‘yilgan ayblovlar jiddiy va aybdorlarning hech biri jazosiz qolmasligi kerak. Biroq, Yevropa Bosh diplomati tashkilotning o‘zi darhol ayblovlarga javob qaytargan va ayblanuvchilar bilan shartnomalarni bekor qilgan.

“Bir qator donor davlatlar tomonidan UNRWA uchun keyingi moliyalashtirish masalasi ochiqligicha qolmoqda. Bu UNRWA mavjudligiga tahdid soladi. Tashkilotni moliyalashdan bosh tortish nomutanosib va xavfli bo‘ladi”, deydi Borrel. 

U inqirozni hal qilishga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning pozitsiyasi yordam berishiga umid qilmoqda. Bosh kotib allaqachon donor mamlakatlarni agentlikni moliyalashni qayta tiklashga chaqirgan.

Borrelning bayonoti UNRWA’ni tanqid qilish to‘lqini fonida yangradi. Yanvar oyi oxirida Isroil BMTning 12 xodimini 2023 yil oktyabr oyida mamlakat janubidagi musiqa festivali va kibbutzimga HAMASning hujumiga bevosita aloqadorlikda aybladi.

Shundan so‘ng, bir qator davlatlar UNRWA’ni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi – ular orasida Germaniya, AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada va Finlyandiya kabi donor davlatlar ham bor edi. Yevropa Ittifoqi esa Falastin agentligining auditini o‘tkazishni talab qildi.

UNRWA’ni moliyalashtirishning jami 440 million AQSH dollarlik qismi to‘xtatildi – bu tashkilotning 2024 yil kutilayotgan daromadining deyarli yarmi hisoblanadi. 

“Moliyaviy yordam UNRWA daromadining asosiy qismini tashkil qiladi va tashkilot fevral oyi oxirida o‘z xizmatlarini cheklashi mumkin, bu esa davom etayotgan dramatik gumanitar inqirozni sezilarli darajada yomonlashtiradi", deydi Borrel.

Uning qayd etishicha, UNRWA’ning G‘azo sektorida 13 ming xodimi bor va BMTning boshqa hech bir tashkiloti agentlikning mahalliy nazorati bilan tenglasha olmaydi. 

"Alohida shaxslarning qilmishlari hech qachon butun aholini jamoaviy jazolashga olib kelmasligi kerak", deya ta’kidlaydi Borrel. 

O‘z navbatida, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMTning Falastin agentligining tugatilishini ochiqdan ochiq talab qildi. Shu bilan birga, UNRWA ilgari ham, shu jumladan tashkilot faoliyati uchun zarur bo‘lgan mablag‘ miqdori va bu xarajatlarning asoslanishi tufayli tanqid qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo UNRWA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing