Oq uy shu haftada G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni ko‘rib chiqmoqda – Sallivan

Olam

image

Bayden ma’muriyati shu haftada G‘azoda sulh tuzishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan kecha, 13 yanvar kuni "Bloomberg"ga ma’lum qildi.

Uning aytishicha, mojaro tomonlari bunday kelishuvga rozi bo‘lishiga kafolat yo‘q. Biroq Bayden ma’muriyati saylangan prezident Donald Tramp jamoasi bilan aloqada va 20 yanvar kuni Trampning inauguratsiyasi oldidan bu borada yagona pozitsiyani ishlab chiqishga intilmoqda. Dam olish kunlari Bayden va Tramp rasmiylari mumkin bo‘lgan kelishuv bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan.

"Savol tug‘iladi: Biz hammamiz birgalikda fursatdan foydalana olamizmi va uni amalga oshira olamizmi?" dedi Sallivan Bayden unga yangi jamoa bilan yaqindan ishlashga ko‘rsatma berganini qo‘shimcha qilib.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 yanvar kuni muzokarachi tomonlar Isroil va HAMASga sulh va asirlarni ozod qilish bo‘yicha yakuniy loyihani taqdim etgandi. Muzokaralarda AQSH Prezidenti Jo Bayden va saylangan prezident Donald Trampning vakillari, shuningdek, Qatar rasmiylari ishtirok etgan. Trampning kelasi prezidentlik davrida AQSH vakili bo‘lib xizmat qiladigan Stiv Vitkoff Isroilning eng yuqori razvedka rasmiylari bilan birgalikda ushbu loyihani qabul qilgan. Qatar vakili tomonlarga o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv matnini topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo HAMAS Jeyk Sallivan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing