O‘nlab muhojirlarning o‘limiga aloqador 2 kishi qatl etilishi mumkin

Olam

image

AQSH prokuraturasi Texasda tashlab ketilgan yuk mashinasida havo yetishmasligi sababli o‘nlab noqonuniy muhojirlarning o‘limida haydovchi va uning sherigini aybladi. Ular o‘limga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi

Qayd etilishicha, 45 yoshli yuk mashinasi haydovchisi Gomer Zamoran Texas shtatida xorijliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan kontrabandada ayblangan. Ushbu jinoyatni sodir etganlar umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi hukm qilinadi. Uning sherigi Kristian Martines muhojirlarni o‘limiga sababchi bo‘lganlikda ayblangan. U ham o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyun kuni San-Antonioda (AQSH, Texas) yuk mashinasi tashlab ketilgandi. Dastlab rasmiylar yuk mashinada 46 nafar muhojirning jasadi topilgani, yana 16 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgandi. Keyinchalik esa yuk mashinasida halok bo‘lgan muhojirlar soni 51 nafarga yetdi.

Ularning o‘limiga suvsizlik, havo yetishmasligi va issiq urishi sabab bo‘lgan. 

Aytish joizki, Texas gubernatori Gregg Ebbott San-Antonioda yuk mashinasidan topilgan o‘nlab muhojirlarning o‘limida AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyatining immigratsiya siyosatini ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

594

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing