Texas gubernatori migrantlarning o‘limida Baydenni aybladi
Olam
−
28 iyun 2022
11604Texas gubernatori Gregg Ebbott San-Antonioda yuk mashinasidan topilgan o‘nlab muhojirlarning o‘limida AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyatining immigratsiya siyosatini aybladi. Bu haqda u Twitter sahifasida yozib qoldirgan.
"Texasda 42 nafar muhojirlar yuk mashinasidan o‘lik holda topildi. Ushbu holatni Baydenning vijdoniga soldim. Bu uning o‘limga olib keladigan ochiq chegara siyosatining natijasidir", deb yozgan gubernator.
Ma’lumot o‘rnida, Amerika-Meksika chegarasidan 250 kilommetr ichkarida joylashgan San-Antonio kontrabandachilar tranzit marshrutining asosiy punktlaridan sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, San-Antonioda (AQSH, Texas) tashlab ketilgan yuk mashinasi ichidan 46 nafar muhojirning jasadi topilib, yana 16 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola shifoxonaga yotqizilgandi. Bunga San-Antonioda havo harorati Selsiy bo‘yicha 39,4 darajaga yetib, yuk mashinasi ichidagilar suvsizlik va issiq urishidan aziyat chekkani sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi