Universitet professori vazirga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Alisher Melsovich To‘rayev O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Alisher To‘rayev 1961 yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi bo‘yicha biolog-genetik, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tugallagan.

Vena universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida, Rossiya Federatsiyasi Fizika – texnika institutida faoliyat yuritgan.

2019 yilning iyun oyidan buyon Toshkent davlat agrar universiteti, “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing