Uning yuzida Fransiyaning tanazzulini ko‘raman — Makronga tarsaki tushirgan erkak
Olam
−
10 iyun 2021
11064Avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga tarsaki tushirgan shaxs ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum qilinishicha, mamlakat Prezidentiga tajovuz qilgan shaxsning ismi Damene Tarele.
Sud jarayonida Damene Tarele o‘z qilmishini inkor qilmasligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Emmanuel Makron “uning nazarida mamlakat tanazzulini aks ettiradi”. Sudlanuvchi o‘zining so‘zlari Fransiyaning “sariq jiletlilar harakati”da taassurot qoldiradi”, deb hisoblaydi.
Tarelening aytishicha, unda avvalroq Fransiya Prezidentiga tuxum yoki tort otish g‘oyasi bo‘lgan, biroq keyinroq bu fikrdan qaytgan.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Prezidentga tarsaki tushirgan Tarele tergovchilarga, dastlab, uning harakati o‘z-o‘zidan yuz bergani hamda buni oldindan rejalashtirmaganini aytgandi. Mamlakat rahbariga tajovuzda ayblanayotgan Tarele “Tarixiy qurollarni yig‘uvchilar” klubining 28 yoshli rahbari bo‘lgan.
Hujumni videokamerada tasvirga olayotgan sherigini tintuv qilish paytida politsiya qurol va Adolf Gitlerning “Mein Kampf” (“Mening kurashim”) kitobining nusxasini topgan. Hibsga olinganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va 45 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat bo‘ylab safar qilayotganda noma’lum erkak unga tarsaki tushirdi. Voqea 8 iyun kuni Drom departamentining Ten-LʼErmitaj kommunasida sodir bo‘ldi.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi