“Uning kayfiyati yaxshi” Boris Jonsonning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Olam

−

image

Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning ahvoli yaxshilanishda davom etmoqda. Bu haqda Bosh vazir ofisi xabar berdi.

"Bosh vazir tunni yaxshi o‘tkazdi. Uni davolash Sent-Tomas shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida davom etmoqda. Uning kayfiyati yaxshi", deydi Bosh vazir vakili.

U shuningdek, Jonsonning o‘zi nafas olayotganiga aniqlik kiritdi. Ta’kidlashicha, Jonsonga kislorod ventilyatori ulanmagan.

“Agar kerak bo‘lsa, u odamlar bilan suhbatlasha oladi”, deydi idora vakili.

Eslatib o‘tamiz, Jonson joriy yilning 27 mart kuni koronavirus bilan kasallanganini e’lon qildi. O‘shandan beri u izolatsiyada edi. 3 aprel kuni u videomurojaatida hali ham yuqori haroratga ega ekanini e’lon qildi. 5 aprel kuni kechqurun Jonson zarur tekshiruvlar uchun shifoxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. 6 aprel kuni kechqurun Jonsonning ahvoli yomonlashgani va uni reanimatsiyaga yotqizilgani haqida xabar berildi.

 
 

Maqola muallifi

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing