Uning ahvoli juda og‘ir – Habib ilk bor otasi haqida ma’lumot berdi
Sport
−
19 may 2020
17637Avvalroq, Mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedovning otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmuhamedov koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar bergan edik. Habib may oyi boshidan beri shifoxonada qolayotgan otasi haqida ilk bor ma’lumot berdi.
“Otam hozir shifoxonada. Uning ahvoli juda og‘ir. U ushbu virusning fonida. Bu virus uning yuragiga ta’sir qildi. Bir yil oldin otam yurak operatsiyasi o‘tkazgan edi. U hozir yana bir jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, shuning uchun u og‘ir ahvolga tushib qoldi. Otam juda og‘ir ahvolda.
Barcha, qo‘llab-quvvatlaganlarga va u uchun Allohga duo qilayotganlarga katta rahmat!”, dedi sportchi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Abdulmannap Nurmuhamedov sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan. U hozirda Moskvadagi shifoxonada.
LiveBarchasi