“Uni tushunish mumkin”. Putin Erdo‘g‘anga javob qaytardi
Olam
−
22 Oktabr 2021
13729Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari haqida bildirgan fikriga javob qaytardi. Putin bu haqda kecha, 21 oktyabr kuni Valday konferensiyasida so‘z ochgan.
“Turkiya rahbari nima uchun bu haqda gapirayotganini tushunish mumkin, chunki u, ehtimol, Turkiya ham Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydi. Lekin qaror qabul qilish bizga emas, hatto Rossiyaga ham emas. Bu masala konsensus jarayonida hal qilinishi kerak. Men bu haqda Prezident Erdo‘g‘anga aytdim: agar biz doimiy a’zoning veto huquqini yo‘q qilsak, Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘sha zahoti “o‘ladi”, degan Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT XKni isloh qilish kerakligini, insoniyat taqdirini Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan “bir hovuch” davlatlarga ishonib bo‘lmasligini aytgandi.
Shundan so‘ng, rossiyalik senator Aleksey Pushkov ham Erdo‘g‘anning ushbu fikriga javob qaytargandi.