UNESCO o‘zbek o‘qituvchilari malakasini oshirishga salkam 500 ming dollar ajratadi
Jamiyat
−
12 mart 2021
2987UNESCO O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirishga 435 ming AQSH dollari ajratadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Mablag‘ UNESCO`ning “Gana, Gonduras va O‘zbekistonda o‘qituvchilarning malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish va ko‘lamini kengaytirish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot tadqiqot markazi tomonidan (GPE -KIX) Ta’lim sohasidagi bilimlar va innovatsion almashuv bo‘yicha global hamkorlik tashabbusi doirasida ajratiladi.
Ikki yillik loyiha (2020-2022) doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 150 maktab va 600 dan ortiq o‘qituvchilarni jalb etgan holda ularning malakasini oshirish modeli ishlab chiqiladi.
LiveBarchasi