UNESCO Bosh direktori Samarqandga keldi
Jamiyat
−
29 Oktabr 5584 1 daqiqa
UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun tashkilot Bosh direktori Odri Azule va konferensiya ishtirokchilari ilk “Parij - Samarqand” charter reysi bilan bugun, 29 oktyabr kuni tongda Samarqand shahriga keldi.
Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston hukumati va viloyat hokimligi mas’ullari kutib oldi.
2017 yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilgan Odri Azule uchun mazkur sessiya uning UNESCO Bosh direktori sifatida qatnashgan so‘nggi sessiyasi bo‘ladi. Samarqandda UNESCO’ning yangi bosh direktori rasman tasdiqlanadi. Bu lavozimni yaqinda tashkilot Ijroiya qo‘mitasining 222-sessiyasida o‘tkazilgan saylovda g‘olib chiqqan misrlik 54 yoshli Xolid Al-Ananiy egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi so‘nggi qirq yil ichida ilk bor Parijdan boshqa shaharda, 30 oktyabr - 13 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi