UNESCO bilan hamkorlikda madaniy merosni muhofaza qiluvchi xalqaro qo‘mita tuzildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 14 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi “UNESCO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 371-son qarorni qabul qildi.

Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar:

•    O‘zbekistonning madaniy merosini Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

•    xalqaro tashkilotlar va UNESCO maslahatlashuv organlari (Yodgorlik va diqqatga sazovor joylar bo‘yicha xalqaro kengashi, Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markazi) bilan madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish;

•    Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan moddiy madaniy meros ob’ektlari va hududlar, arxeologik va arxitektura yodgorliklari muhofazasi ishida ishtirok etish;

•    madaniy boyliklarni ishonchli saqlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Qo‘mitaga moddiy madaniy meros masalalari hamda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar bo‘yicha maslahat organi maqomi berildi. Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Xalqaro maslahat qo‘mitasining ishchi organi hisoblanadi.

Qaror bilan qo‘mitaning tarkibi va tuzilmasi tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

UNESCO

Baholaganlar

7

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing