O‘ndan ortiq Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari Shavkat Mirziyoyevni tabriklamoqda.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot kotibi Sherzod Asadov quyidagi davlat rahbarlari qutlov yo‘llaganini ma’lum qildi:

XXR Raisi Si Szinpin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an
Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston  Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev
Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In
Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi

“Ushbu tabriklarda Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi oqilona siyosati va sa’y-harakatlari, mintaqaviy va global miqyosdagi tashabbuslarining ahamiyati e’tirof etilib, davlatimiz rahbari va xalqimizga eng ezgu tilaklar bildirilgan”, deydi Asadov.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing