“Unabomber” laqabli terrorchi 81 yoshida AQSH qamoqxonasida vafot etdi

Olam

image

1978-1995-yillarda pochta orqali qo‘lbola bomba jo‘natgan va “Unabomber” nomi bilan mashhur bo‘lgan amerikalik jinoyatchi Teodor Kazinski Shimoliy Karolinadagi qamoqxonada 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Amerikaning ABC telekompaniyasi AQSH Adliya vazirligi qoshidagi qamoqxonalar byurosi vakiliga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kazinski tunda o‘z kamerasida o‘lik holda topilgan. Amerikalik terrorizm uchun umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan edi. 2021 yilgacha u Kolorado shtatidagi qattiq rejimli qamoqxonada saqlanardi. Sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u Shimoliy Karolinadagi federal tibbiy muassasaga o‘tkazilgan.

Garvard universiteti diplomiga ega matematik bo‘lgan Kazinski 17 yil davomida AQSHda eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi bo‘lgan. U o‘qituvchilik faoliyatini tashlab, o‘zini texnologik taraqqiyotga qarshi kurashga bag‘ishlab, Montana shtatida yolg‘iz yashagan. U universitetlar, korporatsiyalar, aviakompaniyalarga qo‘lbola portlovchi qurilmalar solingan pochta jo‘natmalarini yuborgan. Ushbu terrorchilik harakati oqibatida 3 kishi halok bo‘lib, 23 kishi og‘ir tan jarohati olgan.

Deyarli 20 yil davomida AQSH Federal qidiruv byurosi va mamlakatning boshqa huquq-tartibot idoralari "Unabomber" laqabli jinoyatchining iziga tusha olmagan. U 1996 yilda hibsga olingan. Faqat ukasi tufayli Kazinskiy adolat qo‘liga tushgan. Shunday qilib FQB Kazinskiyning kabinasini tintuv qilib, uni jinoyatlarda ayblash uchun yetarli dalillar topgan.

1998 yildagi sudda Kazinski o‘lim jazosini bekor qilish evaziga o‘z aybini tan olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Unabomber

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing